Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-41-band. 2-bob. Boshqa davlatlardan Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga kelgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga doimiy yashash uchun ruxsatnoma berish tartibi — I3-41-band

IIV MvaFRBB tomonidan ijobiy javob xati olingan va ayni paytda uy-joy mulkdori tomonidan yozma rad javobi berilgan taqdirda, shuningdek, ariza beruvchi yoki uy-joy mulkdori xabardor qilingan kundan boshlab olti oy muddat ichida ariza beruvchi doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun murojaat qilmasa, MvaFRB xulosani ijro qilish imkoniyati yo'qligini yozma ravishda ma'lum qilgan holda, uch ish kunida ariza beruvchining shaxsiy yig'majildini IIBB MvaFRBga yuboradi. IIBB MvaFRB hujjatlarni o'rganib chiqib, avvalgi ijobiy xulosani bekor qilish yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshlig'i o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan xulosani qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda ma'lumot yuboradi. Xulosa ariza beruvchining shaxsiy yig'majildiga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.