Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I3-58-band. 3-bob. Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatga olish tartibi — I3-58-band

Xorijiy investor va uning oila a'zolari (eri, xotini va voyaga yetmagan farzandlari) (Ro'yxatning 8-bandi) doimiy ro'yxatga olish uchun MvaFRBga mazkur Nizomning 50-bandida ko'rsatilgan hujjatlardan tashqari quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: uy-joy mulkdorining (mulkdorlarining) uy-joy maydoni berishi to'g'risidagi arizasi (roziligi) yoxud shaxsan topshirish imkoni bo'lmaganda, notarial tasdiqlangan arizasi (roziligi); nikoh tuzilganlik, tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomalar (agar hujjatlar xorijda rasmiylashtirilgan bo'lsa, nusxalari olinib, asli qaytariladi); kiritilgan investitsiyalar haqidagi quyidagi ma'lumotnomalardan biri. xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan aktsiyalari miqdori to'g'risida «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi tomonidan berilgan ma'lumotnoma; xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etilganligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan berilgan ma'lumotnoma.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.