Mazkur Nizomning 17-bandi asosida doimiy yashashga ruxsatnoma olgan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi tegishli davlat hokimiyati va boshqaruvi organi, xo'jalik birlashmasi, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarining MvaFRBga taqdim etilgan bildirishnomasi asosida bekor qilinadi.
Agar chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy ro'yxatga olinishi uchun boshqa asoslar mavjud bo'lmasa, MvaFRB besh ish kunida doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish uchun shaxsiy yig'majildni IIBB MvaFRBga yuboradi hamda bu haqda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni ogohlantiradi.
IIBB MvaFRB hujjatlarni o'rganib chiqib, doimiy yashashga ruxsatnomani bekor qilish bo'yicha Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB boshlig'i o'rinbosari tomonidan tasdiqlanadigan asoslantirilgan qaror qabul qiladi va bu haqda IIV MvaFRBBga yozma ravishda ma'lumot yuboradi. Qaror shaxsiy yig'majildga biriktirilgan holda, ijro uchun MvaFRBga qaytarib yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-69-band. 4-bob. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatini bekor qilish tartibi — I3-69-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.