O'zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy ro'yxatga olinganligi quyidagi hollarda MvaFRB tomonidan bekor qilinadi:
O'zbekiston Respublikasi hududida bir manzildan boshqa manzilga doimiy ro'yxatga olinganda;
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy ro'yxatga olingan uy-joy mulkdorining arizasiga ko'ra — O'zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksida belgilangan bir kishi uchun turar-joy maydonining ijtimoiy normasi to'g'risidagi qoidalari asosida;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, xo'jalik birlashmalari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari rahbarlari iltimosnomasiga binoan doimiy ro'yxatga olingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ushbu organ va tashkilotlarning bildirishnomasi asosida;
mulkdor o'zgarganda, uning arizasi va uy-joyga egalik qilishni tasdiqlovchi hujjatlar asosida;
sudning chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning uy-joydan foydalanish huquqini yo'qotgan, bedarak yo'qolgan deb topish va ko'chirish haqidagi qarori asosida;
soxta hujjatlar yoki haqiqatga muvofiq bo'lmagan hujjatlar asosida doimiy ro'yxatga olinganligi aniqlanganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
umrbod ozodlikdan mahrum qilinganda — sudning qonuniy kuchga kirgan ayblov hukmi asosida;
bekor qilish to'g'risida notarial tasdiqlangan ishonchnoma bo'yicha boshqa shaxs murojaat qilganda.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I3-71-band. 4-bob. Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga ruxsatnomasi va doimiy ro'yxatini bekor qilish tartibi — I3-71-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.