Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I4-10-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-10-band

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 yanvardagi PF-5611-son Farmonining 5-bandi va mazkur Farmonga 6-ilovaga muvofiq ko'chmas mulk sotib olgan xorijiy davlatlar fuqarolari. BosqichlarSub'yektlarTadbirlarIjro muddatlari1-bosqichChet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsBelgilangan shakldagi ariza-anketani to'ldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha ro'yxatdan o'tgan joyi bo'yicha MvaFRBga murojaat qiladi.Zarurat tug'ilganda2-bosqichMvaFR bo'linmasi1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsdan hujjatlarni qabul qilib olgandan keyin rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid ma'lumotlarni bazadan tekshiradi. 2. IIV Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti Huquqiy statistika bosh markazidan ariza beruvchiga doir ma'lumotlarni so'rab oladi hamda hujjatlarni elektron ko'rinishda Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga elektron tizim orqali yuboradi.O'n ish kuni davomida3-bosqichToshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasiTaqdim etilgan hujjatlarni o'rgangan holda, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi to'g'risidagi fikrini olish uchun ma'lumotlarni vakolatli organga elektron tizim orqali yuboradi.Uch ish kuni davomida4-bosqichToshkent shahar va Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasiChet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risidagi fikrini elektron tizim orqali yuboradi.Yigirma ish kuni davomida5-bosqichToshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasiIjobiy javob olingan taqdirda, xulosa tayyorlaydi va tegishli hujjatlarni O'zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga nazorat tartibida ko'rib chiqish va asoslantirilgan javob xatini olish uchun elektron tizim orqali yuboradi.O'n besh ish kuni davomida6-bosqichO'zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasiTaqdim etilgan hujjatlarni o'rganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatdan o'tkazish yoki rad etish yuzasidan asoslantirilgan javob xatini xamda hujjatlarni Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.O'n besh ish kun davomida7-bosqichToshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasiIIV MvaFRBBdan asoslantirilgan javob xati olingach, hujjatlarni chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga doimiy yashash uchun identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish va doimiy ro'yxatga olish uchun tegishli MvaFRBga elektron tizim orqali yuboradi.Ikki ish kuni davomida8-bosqichMvaFR bo'linmasiHujjatlarni olgach, ariza beruvchini doimiy yashashga ruxsatnoma berilganligi to'g'risida xabardor qiladi, identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirib bergach, doimiy ro'yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so'rovnoma shakllantiradi.Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning so'roviga ko'ra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag'ini taqdim etadi.Bir vaqtning o'zida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsga O'zbekiston Respublikasida bo'lish qoidalari tushuntirilib, bu haqda undan tilxat oladi.Uch ish kuni davomida Bosqichlar Sub'yektlar Tadbirlar Ijro muddatlari 1-bosqich Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro'yxatdan o'tish istagini bildirgan respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy yashash joyidagi MvaFRBga murojaat qiladi. Zarurat tug'ilganda 2-bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar MvaFRB Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxs doimiy ro'yxatdan o'tish istagini bildirgan Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati MvaFRBga elektron tizim orqali so'rov xati yuboradi. Bir ish kunida 3-bosqich Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB So'rovnomani olgach, murojaat qiluvchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning Ro'yxatga muvofiqligini hamda uy-joy hujjatlarini o'rganib chiqib, javob xati yuboradi. Uch ish kuni davomida 4-bosqich Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar MvaFRB MvaFRB ijobiy javob olgan taqdirda, bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning shaxsiy yig'ma ish jildini tegishli MvaFRBga jo'natadi. Bir ish kuni davomida 5-bosqich Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB Shaxsiy yig'ma ish jildini olgach, bu haqida ariza beruvchining elektron manziliga xabar yuboradi. Bir ish kuni davomida 6-bosqich Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB Barcha taqdim etilgan hujjatlarning to'liqligi va haqiqiyligi tekshiriladi hamda ariza beruvchi Ro'yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo'lgan taqdirda, mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro'yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so'rovnoma shakllantiriladi. MvaFRB rahbari yoki uning o'rinbosari o'z rezolyutsiyasida ariza beruvchini Ro'yxatning qaysi bandiga asosan doimiy ro'yxatga olish zarurligini ko'rsatadi. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo'lmagan shaxsning so'roviga ko'ra, qayd varag'i taqdim etiladi. Uch ish kuni davomida 2. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning O'zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo'lishlari va tranzit o'tishlari tartibi to'g'risida» qarorida: a) 1-ilovada: quyidagi mazmundagi 6⁴ band qo'shilsin: «6⁴. O'zbekiston Respublikasiga ma'lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelib, shu muddat ichida baxtsiz hodisa (jarohat olganligi yoki boshqa og'ir kasallik) sababli davolash muassasalariga joylashtirilgan va belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketish imkoni bo'lmagan xorijiy fuqarolarga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan har bir holat bo'yicha tegishli davolash muassasasi xorijiy fuqaroning davolanish muddati ko'rsatilgan holda bergan xulosasiga asosan, ma'muriy choralar qo'llanilmasdan «chiqish» (EXIT) vizasi rasmiylashtirib beriladi. Xorijiy fuqaro yoki uning qonuniy vakili davolanish muddati tugagach, uch ish kunida «chiqish» (EXIT) vizasini rasmiylashtirish uchun hududiy ichki ishlar organiga belgilangan tartibda ariza va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi. b) 2-ilovada: 5-bandda: birinchi xatboshidagi «vaqtincha propiskadan o'tkazilishini» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinishini» so'zlari bilan almashtirilsin; uchinchi xatboshidagi «vaqtincha propiskadan o'tish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tish» so'zlari bilan almashtirilsin; 8-bandning ikkinchi xatboshidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 11-banddagi «vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 22¹-bandning ikkinchi xatboshidagi «vaqtincha yoki doimiy propiska» so'zlari «vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxat» so'zlari bilan almashtirilsin. 5. Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida «qishloq xo'jaligi korxonalarini qo'llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar to'g'risida» 2002 yil 15 fevraldagi 52-son qarorining 10-bandidagi «vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilishini va vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinishini va uning» so'zlari bilan almashtirilsin. 7. Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O'zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish va o'qitish tartibi to'g'risida nizomning 14-bandidagi «vaqtincha yashash joyi bo'yicha vaqtincha ro'yxatdan o'tkazishni» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni» so'zlari bilan almashtirilsin. 9. Vazirlar Mahkamasining «Uz-China Uran» mas'uliyati cheklangan jamiyat O'zbekiston-Xitoy qo'shma korxonasini tashkil etish to'g'risida» 2009 yil 28 avgustdagi 251-son qarorining 8-bandidagi «yashash joyida vaqtincha ro'yxatdan o'tkazilishini va vaqtincha ro'yxatdan o'tkazish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinishini va muddati» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.