Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I4-32-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-32-band

Vazirlar Mahkamasining «Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo'llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2017 yil 27 fevraldagi 106-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2017 y., 2-son, 20-modda): a) 1-ilovada: 12-bandning o'n ikkinchi xatboshidagi «doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin; 13-bandning to'rtinchi xatboshidagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin; nizomga 2-ilova 4-banddagi «Doimiy propiska» so'zlari «Doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; b) 2-ilovada: «Ma'lumotning nomi» ustunida: 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: «Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan shaxslarning soni, doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan/ro'yxatdan chiqarilgan kun». 2-banddagi «doimiy propiska qilingan yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin; 3-banddagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin; 7-banddagi «doimiy propiska qilingan» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.