Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 apreldagi 309-son qarori (O'zbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 4-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to'g'risidagi nizomda:
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi «vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo'lmagan yoxud yashash joyi bo'yicha hisobda turmagan» so'zlari «doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan» so'zlari bilan almashtirilsin;
b) 42¹-bandda:
ikkinchi xatboshidagi «doimiy propiska qilingan» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» so'zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi «doimiy propiskani rasmiylashtirish» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin;
v) 42²-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
«42². O'zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo'qotib qo'ygan va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olinmagan (sud qarori bilan doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga qo'yishga asoslari mavjud bo'lmagan), muayyan yashash joyiga ega bo'lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi asosida O'zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi».
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)
I4-54-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-54-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.