Chet el fuqarolarini vaqtincha va doimiy ro'yxatga olish nizomlari (VM qarori №593, 2020)

I4-76-band. 5-bob. Yakunlovchi qoidalar — I4-76-band

Vazirlar Mahkamasining «Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a'zolarini O'zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko'p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2019 yil 17 apreldagi 326-son qarorida (O'zbekiston Respublikasi QT, 2019 y., 4-son, 71-modda): a) nomlanishidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; b) 1-banddagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; v) 1-ilovada: nomlanishidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 1-bandi matnidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 4-bob nomidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 12-banding matnidagi «vaqtincha propiska qilish», «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo'lgan shaxslar — O'zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro'yxati to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2012 yil 16 fevraldagi 41-son» va «doimiy va vaqtincha propiska qilish» so'zlari tegishincha «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish», «O'zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son» va «doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 13-banddagi «turgan joylarida vaqtinchalik propiskadan o'tib» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinib» so'zlari bilan almashtirilsin; 14-bandning birinchi xatboshidagi «vaqtincha propiskadan o'tkazish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 15-banddagi «vaqtincha propiskaga» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish uchun» so'zlari bilan almashtirilsin; 16-bandning matnidagi «vaqtincha propiskani» va «vaqtincha propiska» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni» va «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxat» so'zlari bilan almashtirilsin; 18-bandning matnidagi «vaqtincha propiska qilingan» va «vaqtincha propiskani» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olingan» va «turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni» so'zlari bilan almashtirilsin; 19-banddagi «vaqtincha propiska» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinganligi» so'zlari bilan almashtirilsin; 20-banddagi «vaqtincha propiska» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 21-banddagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin: «23. Vatandoshlarning O'zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasini doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olish orqali rasmiylashtirish masalalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O'zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2019 yil 28 dekabrdagi 1049-son va «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 28 avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida» 2018 yil 22 oktyabrdagi 845-son qarorlari bilan tartibga solinadi»; 25-banddagi «vaqtincha propiska» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 26-bandda: uchinchi xatboshidagi «vaqtincha propiskadan o'tish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; to'rtinchi xatboshidagi «doimiy propiska» so'zlari «doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga» so'zlari bilan almashtirilsin; nizomga 1-ilovaning ilova belgisi, nomlanishi va matnidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; nizomga 2-ilovada: ilova belgisidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; 10-bandidagi «vaqtincha propiskadan o'tkazish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; nizomga 3 va 4-ilovalarda ilova belgisidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; nizomga 5-ilovada: ilova belgisidagi «vaqtincha propiska qilish» so'zlari «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish» so'zlari bilan almashtirilsin; matnidagi «vaqtincha propiskaga qo'yishingizni», «vaqtincha propiskadan o'tayotgan» va «vaqtincha propiska qilishingizni» so'zlari tegishincha «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishga», «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olinayogan» va «vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishingizni» so'zlari bilan almashtirilsin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.