Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

10-band. Ii. o'zbekiston respublikasiga kelish vizalarini rasmiylashtirish tartibi — 10-band

Yuridik shaxslar yoki O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el fuqarolarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari taklifi bo'yicha O'zbekiston Respublikasiga kelmoqchi bo'lgan chet el fuqarolari vizalar olish uchun O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga, bunday muassasalar bo'lmagan taqdirda — O'zbekiston Respublikasi uchun konsullik funktsiyalarini bajarish yuzasidan kelishib olingan boshqa davlatlar konsullik muassasalariga to'ldirilgan belgilangan shakldagi viza anketasiga taklifnoma va milliy pasportni yoki uning o'rnini bosadigan hujjatni (keyingi o'rinlarda matnda «milliy pasport» deb yuritiladi) ilova qilgan holda murojaat qiladilar. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan chet el fuqarolari — xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari xodimlari hamda ularning oila a'zolari O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida viza olish va uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar. Yuridik shaxslar yoki O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallari chet el fuqarolariga taklifnomalarni faqat O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga viza berilishida yordam ko'rsatish to'g'risida iltimosnoma berganlaridan keyingina yuboradilar. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, chet el fuqarolarining, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgan xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo'lmagan) notijorat tashkilotlarning vakolatxonalari va filiallarining yozma murojaatlarini ko'rib chiqadi va chet eldagi konsullik muassasalariga tegishli ko'rsatmalar yuboradi. Yuridik shaxslarning taklifnomalariga binoan O'zbekiston Respublikasiga kontrakt va shartnomalar bo'yicha uch oydan ortiq muddatga ishga kelayotgan chet el fuqarolariga IT-park rezidentining xorijiy mutaxassislari bundan mustasno, vizalar berish belgilangan tartibga muvofiq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan xorijiy fuqaroga berilgan mehnat faoliyatiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet el fuqarolari — xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari xodimlari va ularning oila a'zolari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillari va ularning oila a'zolari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya kartochkasi asosida vizalarning amal qilish muddatini uzaytirish uchun murojaat qiladilar. Mazkur Tartibning 3-bandida ko'rsatilgan shaxslarga ham xalqaro maqomga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi aeroportlarida vizalar uzaytiriladi. Bunda ushbu konsullik harakati chet el fuqarosi faqat keyingi reysga jo'nab ketish uchun berilgan aviachiptaga ega bo'lgan taqdirdagina ruxsat etiladi. Agar keyingi reysda joy bo'lmasa, tasdiqlovchi hujjatlar (aviachipta yoki jo'nash sanasi ko'rsatilgan aviakompaniyaning xati) taqdim etilganda uzaytirilishiga ruxsat beriladi. Viza berish hujjatlarini ko'rib chiqish va chet el fuqarosiga kelish vizasini rasmiylashtirish muddati 10 sutkadan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning chet el fuqarosini taklif qilgan arizasi 2 ish kunidan, «IT-visa» berilganda esa 3 sutkadan oshmasligi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Chet el fuqarosi O'zbekistonga kelish uchun viza olishi kerak. Viza — bu rasmiy ruxsat hujjati. Uni olish uchun taklifnoma, pasport va anketani konsulik muassasasiga topshirish kerak. Taklifnoma yuridik shaxslar, davlat muassasalari yoki ro'yxatdan o'tgan tashkilotlardan kelishi mumkin. **Kimga tegishli** Bu qoida chet el fuqarolariga, yuridik shaxslarga va davlat muassasalariga tegishli. **Amalda** Xorijiy kompaniyaning mutaxassisi O'zbekistonda ishlash uchun kelmoqchi. Kompaniya Tashqi ishlar vazirligi yoki Adliya vazirligi ro'yxatidan o'tgan bo'lsa, taklifnoma yuboradi. Mutaxassis konsulikga pasport, anketa va taklifnoma bilan murojaat qiladi. Viza 10 kun ichida beriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.