Chet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)

13¹-band. Ii. o'zbekiston respublikasiga kelish vizalarini rasmiylashtirish tartibi — 13¹-band

Xorijda bo'lgan chet el fuqarolariga «IT-visa» va investitsiya vizasini rasmiylashtirish O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo'linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Xorijda bo'lgan chet el fuqarolariga investitsiya vizasini rasmiylashtirish uchun iltimos qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar to'g'risidagi tegishli ma'lumotnomalardan birini ilova qilib belgilangan namunadagi anketa bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo'linmalariga murojaat qiladi. Ma'lumotnoma: «Qimmatli qog'ozlar markaziy depozitariysi» davlat korxonasi tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan aktsiyalari miqdori to'g'risida; O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan — xo'jalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi to'g'risida beriladi. Xorijda bo'lgan chet el fuqarolariga «IT-visa»ni rasmiylashtirish uchun IT-Park Direktsiyasi o'zining tavsiyasini, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, belgilangan namunadagi anketa bilan O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo'linmalariga murojaat qiladi. «IT-visa» va investitsiya vizasi O'zbekiston Respublikasining chet eddagi konsullik muassasalari tomonidan milliy pasport ilova qilingan holda belgilangan shakldagi viza anketasini to'ldirishda yoxud kelganidan keyin — xalqaro maqomga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi aeroportlarida beriladi. Ushbu bandning birinchi xatboshida ko'rsatilgan, O'zbekiston Respublikasining konsullik muassasasi bo'lmagan davlatlardan kelgan shaxsga iltimosnomani rasmiylashtiruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona investitsiya vizasini kelganidan keyin xalqaro maqomga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiylashtirish masalasini O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo'linmalari bilan oldindan ishlab chiqadi. «IT-visa» va investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani«IT-visa» yoki investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi bo'lmagan shaxsning yangi (almashtirilganda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun O'zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga yoxud O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo'linmalariga murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.