Tranzit o'tuvchi va O'zbekiston Respublikasi hududida 24 soatdan ortiq muddatga majburiy to'xtagan chet el fuqarolari to'xtash paytidan boshlab keyingi sutka mobaynida ichki ishlar organlarida O'zbekiston Respublikasida bo'lish ruxsatnomasini rasmiylashtirishga majburdirlar.
Majburiy to'xtash quyidagi hollarda bo'lishi mumkin:
a) poyezd, avtotransport vositasi, kema yoki samolyotning harakatini to'xtatuvchi tabiiy ofatlar yuz berganda;
b) avtomobilning biron-bir qismi buzilishi yoki yo'l-transport hodisasi yuz berishi natijasida shikastlangan avtotransport vositasini tuzatish uchun;
v) vrachning xulosasiga ko'ra bemorning yo'lda yurishi uning salomatligi uchun xavfli hisoblangan kasallik holatida. Bunday holda u bilan birga borayotgan oila a'zolari yoki hamrohlik qilayotgan shaxslar bemorning oldida qolishlari mumkin.
g) yo'llar tutashgan joyda bir transport turidan boshqasiga o'tirish kechikkanda.
Majburiy to'xtash chet el fuqarolariga bunday to'xtash yuz bergan shahar yoki boshqa aholi yashaydigan joy doirasida majburiy to'xtashni keltirib chiqargan sabab bartaraf etilgunga qadar bo'lish huquqini beradi.
Bo'lishni va tranzit vizalarning amal qilish muddatini uzaytirishni rasmiylashtirish yo'nalish yo'lida to'xtash sababi va muddatini tasdiqlovchi tegishli tashkilot yoki muassasaning ma'lumotnomasi ko'rsatilgan holda xorijiy fuqaroning shaxsiy arizasiga binoan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
I2-11-band. V. chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi — I2-11-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.