O'zbekiston Respublikasi hududi orqali avtotransport vositalarida tranzit o'tuvchi, shu jumladan avtomobilda xalqaro yuk tashishlarni amalga oshiruvchi chet el fuqarolari faqat xalqaro avtomobil qatnovi uchun ochiq bo'lgan yo'llar va yo'nalish varaqasida ko'rsatilgan yo'nalish bo'yicha yurishlari mumkin.
Mazkur bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan talablar O'zbekiston Respublikasi chegaralari orqali safar yo'nalishi qayd etilgan avtotransport vositasida (tunash uchun qayta butlangan yer usti avtotransport vositasida) turistik (notijorat) maqsadlarda tranzit o'tayotgan chet el fuqarolariga tatbiq etilmaydi.
Ovqatlanish, dam olish va tunab qolish uchun faqat motellar, kempinglar yoki maxsus ajratilgan to'xtash joylari mavjud bo'lgan yo'nalishdagi punktlarda to'xtash mumkin.
lex.uz’dagi asl matnChet el fuqarolarining O'zbekistonda bo'lish qoidalari (VM qarori №408, 1996)
I2-8-band. V. chet elga ketish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi — I2-8-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.