«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

10-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisi

(10-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-963-сонли Қонунига асосан учинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/963/0735-сон)

Davlat fuqarolik xizmati lavozimida o'z faoliyatini amalga oshirayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmatchisidir. O'zbekiston Respublikasi fuqarosi davlat fuqarolik xizmati lavozimiga tayinlangan paytdan e'tiboran davlat fuqarolik xizmatchisining huquqiy maqomiga ega bo'ladi va davlat fuqarolik xizmatchisining faoliyati tugatilishi munosabati bilan uni yo'qotadi. Qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o'tash chog'ida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo'lishi mumkin emas. Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi bilan bog'liq bo'lgan qo'shimcha huquqlar, majburiyatlar va cheklovlar alohida qonunchilik bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.