Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi, bundan qonunchilik bilan belgilangan kafolatlarga muvofiq oldingi lavozimni yoki unga teng bo'lgan lavozimni taqdim etish hollari, shuningdek ushbu Qonunning 39 va 41-moddalarida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash uchun nomzodlarga jinsi, irqi, millati, tili, dini, e'tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, huquqlarining tengligi kafolatlanadi.
Davlat fuqarolik xizmatining bo'sh turgan (vakant) lavozimini egallash maxsus vakolatli davlat organining axborot tizimi orqali o'tkaziladigan ichki va tashqi tanlovlar asosida amalga oshiriladi.
Ichki tanlovlarda faqat davlat fuqarolik xizmatchilari, tashqi tanlovlarda esa tegishli malaka talablariga javob beradigan barcha O'zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
Tanlov o'tkaziladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari va tanlov o'tkazish tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
29-modda. Davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallash
(29-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 20 сентябрдаги ЎРҚ-963-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.09.2024 й., 03/24/963/0735-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.