«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

35-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo'riqnomasi

Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo'riqnomasi davlat fuqarolik xizmatchisining mansab vakolatlarini, xizmat majburiyatlarini va javobgarligini belgilaydigan hujjatdir. Davlat fuqarolik xizmatchisining lavozim yo'riqnomasi davlat organining rahbari tomonidan tasdiqlanadi yoki qonunchilikda belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisi mehnat shartnomasini imzolashdan oldin davlat fuqarolik xizmatchisi lavozim yo'riqnomasi bilan imzo qo'ydirib tanishtirilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.