«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun

40-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safarlari

Davlat fuqarolik xizmatchisi xizmat vazifasini bajarish uchun davlat organining qaroriga muvofiq muayyan muddatga xizmat safariga yuboriladi. Xizmat safari O'zbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida amalga oshirilishi mumkin. Davlat fuqarolik xizmatchisining xizmat safari davomiyligi davlat organi rahbari tomonidan xizmat vazifasining hajmi, murakkabligi va boshqa jihatlari hisobga olingan holda belgilanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisini xizmat safariga yuborish chog'ida uning lavozimi va o'rtacha ish haqi saqlanadi, yashash bilan bog'liq xarajatlar, transport xarajatlari, shuningdek xizmat safari bilan bog'liq boshqa xarajatlarning o'rni davlat organi tomonidan qoplanadi. Davlat fuqarolik xizmatchisining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarini tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.