Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag'batlantirish choralarini qo'llash davlat organining rahbari tomonidan yoki uning tavsiyasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag'batlantirish choralarini qo'llash to'g'risidagi masalani hal etish chog'ida quyidagilar e'tiborga olinadi:
oy, chorak, yarim yil, yil yakunlari bo'yicha faoliyatning eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlarini bajarganlik va oshirib bajarganlik;
o'ta muhim vazifalarni bajarganlik;
zimmasiga yuklatilgan vazifaning murakkabligi va muhimligi, shuningdek uning faoliyatida erishilgan yuqori natijalar;
bayram kunlari, yubileylar, nishonlanadigan sanalar va pensiyaga chiqish.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
45-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisiga nisbatan rag'batlantirish choralarining qo'llanilishi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.