Davlat fuqarolik xizmatchisi davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi davlat organiga yoki maxsus vakolatli davlat organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli.
Davlat organining qonunga xilof qarorlari, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida davlat fuqarolik xizmatchisining buzilgan, nizolashilayotgan huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilish O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy sud ishlarini yuritish to'g'risidagi kodeksida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatchisiga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplash va ma'naviy ziyonni kompensatsiya qilish bilan bog'liq nizolar fuqarolik protsessual qonunchilik bilan belgilangan tartibda hal etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida»gi qonun
52-modda. Davlat fuqarolik xizmatchisini huquqiy jihatdan himoya qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.