Tovarlarni garovga qo'yib, ularni garovga qo'yuvchida qoldirish va ularning umumiy qiymati garov to'g'risidagi shartnomada ko'psatilganidan kamaymasligini shart qilib qo'ygan holda garovga qo'yuvchiga garovga qo'yilgan mol-mulkning tarkibi va asl shaklini (tovar zaxiralari, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va shu kabilar) o'zgartirish huquqining berilishi muomaladagi tovarlar garovi hisoblanadi.
Garovga qo'yilgan muomaladagi tovarlar qiymatining kamayishiga, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, garov bilan ta'minlangan majburiyatning bajarilgan qismiga mos keladigan darajada yo'l qo'yiladi.
Garovga qo'yuvchi tomonidan boshqa shaxslapga bepilgan muomaladagi tovarlar egallovchining mulkiga yoki operativ boshqaruviga o'tgan paytdan boshlab garov narsasi bo'lmay qoladi, garovga qo'yuvchi tomonidan olingan, garov to'g'risidagi shartnomada ko'rsatilgan tovarlar esa — garovga qo'yuvchida ularga nisbatan mulk huquqi vujudga kelgan paytdan e'tiboran garov narsasiga aylanadi.
Garovga qo'yuvchi muomaladagi tovarlar garovi shartlarini buzgan taqdirda, garovga oluvchi garovga qo'yilgan tovarlarga o'z belgilari va muhrlarini (muhrlar mavjud bo'lgan taqdirda) bosib, tartibni buzish bartaraf qilingunga qadar ular bilan amalga oshipiladigan operatsiyalarni to'xtatib turishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn288-modda. Muomaladagi tovarlar garovi
(288-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Muomaladagi tovarlar garovi — bu biznesda ishlatiladigan tovarlarni (xom ashyo, yarim tayyor mahsulot, tayyor mahsulot) garovga qo'yish. Garovga qo'yuvchi bu tovarlarning tarkibini o'zgartira oladi, lekin ularning umumiy qiymati shartnomada ko'rsatilgan miqdordan kamaymasligi kerak.
**Kimga tegishli**
Bu qoida kreditor va qarz oluvchi o'rtasidagi muomaladagi tovarlar garovi munosabatlarini tartibga soladi.
**Amalda**
Fabrika 100 million so'mlik qarz oldi va xom ashyolarini garovga qo'ydi. Fabrika bu xom ashyolarni ishlata va tayyor mahsulot yasaya oladi, lekin garovning umumiy qiymati 100 million so'mdan kamaymasligi kerak. Agar fabrika qarzni to'lamasligi, kreditor garovga qo'yilgan tovarlarni o'z nomi bilan belgilab, ularning sotilib yuborilishini to'xtata oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.