Hadya qilish, ayni paytda hadyani hadya oluvchiga topshirish og'zaki amalga oshirilishi mumkin, ushbu moddaning uchinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hadyani topshirish uni taqdim qilish, ramziy topshirish (kalit va hokazolarni taqdim qilish) yoki huquqni belgilaydigan hujjatlarni taqdim etish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Ko'char mulkni hadya qilish shartnomasi:
hadya qiluvchi yuridik shaxs bo'lganida;
fuqarolar o'rtasida bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan ortiq summaga shartnoma tuzilayotganda;
shartnomada kelajakda hadya etish va'da qilingan hollarda oddiy yozma shaklda tuzilishi lozim.
Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda og'zaki tuzilgan hadya shartnomasi o'z-o'zidan haqiqiy emas.
Ko'chmas mulkni hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlanishi va davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim.
Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi lozim bo'lgan avtomototransport vositalarini hadya qilish shartnomasi notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn504-modda. Hadya shartnomasining shakli
(504-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Hadya shartnomasi — biror narsani yoki huquqni bepul berish to'g'risidagi kelishuv. Oddiy narsalarni og'zaki ravishda hadya qilish mumkin, lekin qimmatli mulk yoki kelajakdagi va'dalar uchun yozma hujjat tayyorlash kerak. Ko'chmas mulk (uy, er) hadya qilishda notarius oldida imzolash va davlat ro'yxatiga kiritish majburiy.
**Kimga tegishli**
Bu qoida hadya qiluvchi va hadya oluvchi fuqarolar, yuridik shaxslar o'rtasida amal qiladi.
**Amalda**
Akmal do'stiga avtomobil hadya qilmoqchi bo'ldi. Avtomobil davlat ro'yxatida bo'lgani uchun Akmal notarius oldida shartnoma imzolashi va uning tasdiqini olishi kerak. Agar shunchaki og'zaki kelishuv bo'lsa, hadya qonuniy kuch olmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.