Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi quyidagi hollarda bekor bo'ladi:
taraflardan birining shartnoma muddati tugashi munosabati bilan shartnomani bekor qilish to'g'risidagi arizasiga muvofiq;
agar shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan bo'lmasa, foyda oluvchi fuqaroning vafot etishi, foyda oluvchi yuridik shaxsning tugatilishi munosabati bilan;
ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etganida, u muomalaga layoqatsiz, muomala layoqati cheklangan yoki bedarak yo'qolgan deb hisoblanganida, shuningdek yakka tadbirkor to'lovga qobiliyatsiz deb topilganida;
ishonchli boshqaruvchi yuridik shaxs tugatilganida, u to'lovga qobiliyatsiz deb topilganida;
foyda oluvchi, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, shartnoma bo'yicha foydani olishdan bosh tortganida;
ishonchli boshqaruvchi yoki boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchi uchun mol-mulkni ishonchli boshqarishni shaxsan amalga oshirishi mumkin emasligi munosabati bilan boshqaruvni amalga oshirishdan bosh tortganida;
boshqaruv muassisi ishonchli boshqaruvchiga shartnomada kelishilgan haqni to'lagan holda ushbu moddaning to'rtinchi bandida ko'rsatilganidan boshqa sabablarga ko'ra shartnomani bajarishdan bosh tortganida;
ishonchli boshqaruvchi o'zining majburiyatlarini tegishli darajada bajarmagan taqdirda shartnoma sudning qaroriga muvofiq bekor qilinganida;
qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi bekor qilinganida ishonchli boshqarishda bo'lgan mol-mulk, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, boshqaruv muassisiga topshiriladi.
Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi taraflardan birining tashabbusi bilan bekor qilinganida ikkinchi taraf, agar shartnomada boshqacha muddat belgilangan bo'lmasa, kamida uch oy oldin bundan xabardor qilib qo'yilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn861-modda. Mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasining bekor bo'lishi
(861-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ishonchli boshqarish shartnomasi — bu shaxs o'zining mol-mulkini boshqa shaxsga boshqartiradigan shartnoma. Bu shartnoma muayyan hollarda tugashi mumkin: taraflardan biri so'rasa, boshqaruvchi vafot etsa, foydalanadigan shaxs vafot etsa yoki boshqa qonuniy sabablarga ko'ra.
**Kimga tegishli**
Bu qoida mol-mulkni ishonchli boshqarish shartnomasi tuzgan barcha fuqarolar va yuridik shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Odam o'zining uyini va puli boshqartiradigan shartnoma tuzdi. Agar boshqaruvchi shaxs vafot etsa yoki shartnomada belgilangan muddati tugasa, shartnoma avtomatik bekor bo'ladi va mol-mulk qaytariladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.