Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining ajrimida, qarorida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
1) ishning raqami, ajrim, qaror chiqarilgan vaqt va joy;
2) ajrim, qaror qabul qilgan sudning nomi va tarkibi;
3) taraflar va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning ishtiroki to'g'risidagi ma'lumotlar;
4) ish kimning shikoyati (protesti) bo'yicha ko'rib chiqilganligi;
5) shikoyat qilingan (protest keltirilgan) sud hujjatining nomi va uning qisqacha mazmuni;
6) shikoyatda (protestda) bayon etilgan vajlar, taqdim etilgan materiallarning qisqacha mazmuni, ishni ko'rishda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari, prokurorning fikri;
7) apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instantsiyasi sudi xulosaga kelishiga asos bo'lgan sabablar hamda sud amal qilgan moddiy va protsessual huquq normalariga havola;
8) ajrimning, qarorning xulosa qismi.
Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instantsiyasi sudining ajrimi, qarori ishni ko'rgan sudyalar tomonidan imzolanadi.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining qarori majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Sud shikoyatni (protestni) rad qilgan taqdirda o'z ajrimida, qarorida qaysi sabablarga ko'ra shikoyatdagi (protestdagi) vajlar noto'g'ri deb yoki sud hujjatini bekor qilish yoxud o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi deb topilganligini ko'rsatishi shart.
lex.uz’dagi asl matn372⁵-modda. Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instantsiyasi sudi ajrimining, qarorining mazmuni
Oddiy tilda
**Apellyatsiya, kassatsiya, taftish instantsiyasi sudi qarorining mazmuni**
Nimani anglatadi
Yuqori instansiya sudi o'z qarorida ishning raqami, vaqti, taraflar, shikoyatning sababi va sud hujjatining qisqacha mazmunini yozishi kerak. Shuningdek, sud qanday dalillarni ko'rib chiqganini, qanday qonun normalarini qo'llanganini va nima qaror qabul qilganini aniq ko'rsatishi shart.
Kimga tegishli
Bu talablar apellyatsiya, kassatsiya va taftish instantsiyasi sudlarining barcha qarorlariga tegishli.
Amalda
Misol: Birinchi instansiya sudi Alisher va Botir o'rtasidagi shartnoma nizosida Alisherni favqul-odda deb qaror qabul qildi. Alisher shikoyat qildi. Apellyatsiya sudi qarorida deb yozishi kerak: "Shikoyatchi Alisher shartnomaning 5-moddasi noto'g'ri qo'llanilganini aytdi. Biz dalillarni ko'rib chiqib, birinchi sud to'g'ri qaror qabul qilganini topib, shikoyatni rad qildik."
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.