«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

20-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish

(20-модда биринчи қисмининг «г» банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo'lgan yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u: a) O'zbekiston Respublikasi hududida yashaydigan va O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lgan, nasl-nasab shajarasi bo'yicha to'g'ri tutashgan loaqal bitta o'zidan oldingi qarindoshga ega bo'lsa; b) tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo'lsa; v) O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o'z zimmasiga olsa; g) davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa. Ushbu modda birinchi qismining «a» bandida nazarda tutilgan shart ilm-fan va ilmiy faoliyat, texnika, madaniyat hamda sport sohasida katta yutuqlarga ega bo'lgan, shuningdek O'zbekiston Respublikasi uchun manfaatli kasbga yoxud malakaga ega bo'lgan vatandoshga va (yoki) uning oila a'zolariga nisbatan hisobga olinmasligi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi materiallarni ko'rib chiqadi va O'zbekiston Respublikasining fuqaroligini ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida ko'rsatilgan shaxslarga berish maqsadga muvofiqliligi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi. Qabul qilingan qaror asosida shaxsga O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish to'g'risida kafolat xati beriladi, agar ushbu shaxs fuqarosi bo'lgan davlat fuqaroligidan chiqadigan bo'lsa. Kafolat xatining amal qilish muddati bir yil. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qaroriga binoan kafolat xatining amal qilish muddati yana bir yilga uzaytirilishi mumkin. Kafolat xati ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan ariza beruvchiga yoki uning qonuniy vakiliga topshiriladi yoxud pochta orqali yuboriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq ariza beruvchi chet davlat fuqaroligidan chiqqanligi haqida hujjat taqdim etganidan keyin amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.