Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan O'zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun konsullik muassasalari:
konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilgan shaxslarning murojaatlarini yoxud konsullik muassasalariga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan ma'lumotlarni tekshiradi;
shaxsning O'zbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi to'g'risidagi chet davlatning so'rovnomalarini o'rganadi;
o'z konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi;
xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) har chorakda beradigan so'rovnomalariga ko'ra doimiy konsullik hisobi ro'yxatlari bo'yicha tekshiradi.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.
Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qo'yish to'g'risida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo'qotgan shaxslarning ro'yxati bilan solishtiradi va O'zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga o'z vaqtida turmaganligi sabablarini o'rganadi. Bunda ariza beruvchiga ushbu Qonun 25-moddasining qoidalari tushuntiriladi.
Uzrli sabablar mavjud bo'lganda konsullik muassasasi O'zbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qo'yish uchun hujjatlarni qabul qilish to'g'risida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi va fuqaroga bog'liq bo'lmagan boshqa sabablar uzrli sabablar hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga qo'yilganligi to'g'risidagi axborot Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
27-modda. Xorijda doimiy yashayotgan va doimiy konsullik hisobiga turmagan O'zbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.