Komissiyaning zaruratga qarab, lekin bir oyda kamida ikki marta o'tkaziladigan majlislari Komissiya ishining tashkiliy shaklidir.
Komissiyaning majlislari uning a'zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi hozir bo'lganda vakolatlidir.
Komissiya majlislarida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etishi hamda muhokama etiladigan masalalar yuzasidan ma'ruza qilishi mumkin.
Komissiya qarori majlisda hozir bo'lgan Komissiya a'zolari umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Komissiya a'zolarining ovozlari teng bo'lib qolganda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. Komissiya qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va uning majlisida ishtirok etgan barcha a'zolari tomonidan imzolanadi.
Komissiyaga ko'rib chiqish uchun kiritiladigan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid materiallarni dastlabki tarzda ishlab chiqish va tayyorlash O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy bo'linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun
49-modda. Komissiyaning ishini tashkil etish va qarorlarini qabul qilish tartibi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.