«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

50-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid qarorlarni ijro etuvchi organlar

O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi shaxslarga nisbatan fuqarolik masalalariga oid qarorlarni ijro etish Ichki ishlar vazirligi va uning tegishli bo'linmalari zimmasiga, xorijda yashaydigan shaxslarga nisbatan esa Tashqi ishlar vazirligi va tegishli konsullik muassasalari zimmasiga yuklatiladi. O'ziga nisbatan O'zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash yoki undan chiqish bo'yicha qaror qabul qilingan shaxs bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining fuqarolik masalalariga oid qarori kuchga kirgan kundan e'tiboran o'n besh kunlik muddatda ichki ishlar organi yoki konsullik muassasasi tomonidan xabardor qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.