«O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi to'g'risida»gi qonun

52-modda. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasi

O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari bo'yicha manfaatdor davlat organlari o'rtasida o'zaro hamkorlikni ta'minlash, shuningdek hujjatlarni va ma'lumotlarni kiritish, hisobga olish hamda monitoring qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasi shakllantiriladi. O'zbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalariga oid idoralararo ma'lumotlar bazasining ishlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.