Havo kodeksi

111-modda. Xorijiy tashuvchilarning O'zbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati

(111-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar respublika qonunchiligi hamda O'zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, shuningdek Aviatsiya ma'muriyati tomonidan bir gallik va muntazam parvozlar uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalarga binoan faoliyat ko'rsatadilar. Xorijiy tashuvchilar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan O'zbekiston Respublikasi hududida o'zlarining vakolatxonalarini ochishlari mumkin. Xorijiy yuk tashuvchilarga: a) O'zbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirok etgan havo aloqasi to'g'risidagi xalqaro shartnomalarda yoki maxsus ruxsatnomalarda ko'zda tutilmagan hollarda O'zbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlatga olib ketish yoki xorijiy davlat hududidan O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kelish uchun kemaga yo'lovchilar, qo'l yuki, yuk va pochta olish; b) O'zbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzilga yetkazish uchun Aviatsiya ma'muriyatining maxsus ruxsatisiz O'zbekiston Respublikasi hududida kemaga yo'lovchilar, qo'l yuki, yuk va pochta olish man etiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.