Havo kodeksi

115-modda. Tashuvchining yukning butligi uchun javobgarligi

(115-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)

Agar yukning yo'qolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish vaqtida yuz bergan bo'lsa, yukning yo'qolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar bo'ladi. Agar tashuvchi yukning yo'qolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan bog'liq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar bo'ladi: davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti; urush yoki qurolli to'qnashuv akti; yukka xos bo'lgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.