Havo kodeksi

125-modda. Xalqaro tashishlarda talab qo'yish muddatlari

Qo'l yuki yoki yuk e'tiroz bildirilmasdan qabul qilingan taqdirda, agar o'zga holat tasdiqlanmagan bo'lsa, ular tegishli holatda va tashish hujjatlariga muvofiq yetkazib berilgan deb hisoblanadi. Qo'l yuki yoki yukka zarar yetkazilgan taqdirda, uni olishga huquqi bo'lgan shaxs zarar aniqlangani haqida zudlik bilan, ammo qo'l yuki olingan kundan keyingi 7 kun hamda yuk olingan kundan keyingi 14 kundan kech bo'lmagan muddat ichida tashuvchiga talabnoma taqdim etish lozim. Yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda, qo'l yuki yoki yuk oluvchiga berilgan kundan boshlab 21 kun ichida talab qo'yilishi lozim. Qo'l yuki (yuk) yo'qotilgani taqdirda tashuvchiga talablar havo kemasining belgilangan manzilga qo'nganidan yoki tashish to'xtatilgan kundan keyingi ikki yil davomida qo'yilishi lozim. Ko'rsatilgan muddatlarda bildirilgan yozma talabnoma bo'lmasa, tashuvchiga nisbatan da'vo qo'zg'atilishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.