O'zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish to'g'risidagi nizom, O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati to'g'risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati to'g'risidagi qonunchilik
(2-модда Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.