Havo kemasining egasi bilan bo'lajak ekspluatant o'rtasida ijara shartnomasi mavjud bo'lganda, O'zbekiston Respublikasining havo kemasi tegishli huquq va majburiyatlar ekspluatantga o'tkazilgan holda chet ellik ekspluatantga ijaraga (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) berilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati chet el davlatining vakolatli organi bilan ijaraga olingan havo kemasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish bo'yicha muayyan majburiyatlarni unga o'tkazish maqsadida belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin.
Chet el havo kemasini O'zbekiston Respublikasidagi ekspluatant ijaraga oladigan hollarda ham xuddi shunday tartib qo'llaniladi.
lex.uz’dagi asl matn43-modda. Havo kemalarini ijaraga berishda huquq va majburiyatlarning o'tishi
(43-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2012 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-337-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2012 й., 39-сон, 447-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.