Havo kodeksi

62-modda. Parvozlarni bajarish qoidalari

(62-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Kodeksda parvoz atamasi ostida havo kemasining parvoz boshlanishi chog'idagi kuchli yugurishi (tik ko'tarilish chog'idagi quruqlik yoki suv sathidan uzilishi)dan tortib, parvoz masofasi to'la bosib o'tilgunga qadar (uchish va qo'nish yo'lkasini beto'xtov bo'shatib qo'ygunga qadar) yoki tik qo'nish chog'ida quruqlik (suv) sathiga qo'ngunga qadar quruqlik (suv) sathida va havoda bajargan harakati tushuniladi. Havo kemalarining O'zbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.