Havo kodeksi

71-modda. Havo kemasi halokatga uchraganda kema ekipajining vazifalari

(71-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 8 июлдаги ЎРҚ-159-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2008 й., 28-сон, 261-модда)

Havo kemasi yoki uning ichidagi odamlar uchun bevosita xatar tug'ilsa yoxud kema bilan radioaloqa uzilib, uning qayerdaligi noma'lum bo'lsa, bunday havo kemasi halokatga uchrayotgan hisoblanadi. Uchish, qo'nish yoki qulash natijasida jiddiy zarar ko'rgan yoxud butunlay vayron bo'lgan, shuningdek aerodromdan tashqariga majburan qo'ngan havo kemasi halokatga uchragan hisoblanadi. Halokatga uchrayotgan havo kemasining ekipaji O'zbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda falokat signalini berishi, havo transporti qatnovini ta'minlovchi organga halokat xususiyati haqida ma'lumot berishi va kema ichidagi odamlarning hayotini, sog'lig'i va mol-mulkni, shuningdek havo kemasining o'zini saqlab qolish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart. Halokatga uchragan havo kemasining ekipaji o'z vakolatini tegishli organlarga topshirgunga qadar, havo kemasi ichidagi odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarish va xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko'rishi shart. Ushbu havo kemasi ekipajining barcha a'zolari va imkon qadar, yo'lovchilari odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarishda ishtirok etishlari shart. Halokatga uchrayotgan yoki halokatga uchragan havo kemasining komandiri o'z vakolatini tegishli organlarga topshirguniga qadar, mazkur kemadagi yoki kemaning ichida bo'lgan odamlarning xatti-harakatlariga boshchilik qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.