Havo kodeksi

74-modda. O'zbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari

(74-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 28 ноябрдаги ЎРҚ-880-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.11.2023 й., 03/23/880/0905-сон)

Ushbu Kodeksda xalqaro parvoz deb havo kemasining xorijiy davlatning chegarasini kesib o'tadigan parvozi tushuniladi. O'zbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari: a) O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari; b) tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan yakka parvoz uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi havo kemalari mazkur havo kemalarini tasarruf etuvchi yoki ularning egalari bo'lgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolar ruxsati bilan yakka xalqaro parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Xorijiy davlat samoviy hududida O'zbekiston Respublikasi fuqaro havo kemasining parvoziga maxsus ruxsatnoma olish uchun so'rovnomani havo kemasining ekspluatanti, davlat va eksperimental havo kemasining parvozi uchun esa — O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuboradi. Bunday so'rovnomalar kema hujjatlariga, ekipaj to'g'risidagi ma'lumotlarga taalluqli barcha talablarga, shuningdek O'zbekiston Respublikasi va parvoz rejalashtirilgan xorijiy davlat hududida amal qiladigan boshqa talab va qoidalarga rioya qilingan holdagina amalga oshiriladi. Uqtirib o'tilgan parvozlar uchun so'rovnoma yuborish va ruxsatnoma olish tartibini belgilovchi qoidalar Aviatsiya ma'muriyati, O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlanadi. O'zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar O'zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma'muriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.