Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi:
1) sudlar o'zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari;
1¹) Toshkent xalqaro tijorat sudining qarorlari asosida mazkur sud kotibi tomonidan beriladigan ijro varaqalari;
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
2¹) mediativ kelishuvni majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari;
3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O'zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari;
4) sud buyruqlari;
5) alimentlar to'lash to'g'risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar;
6) notariuslarning ijro xatlari;
7) mehnat nizolari komissiyalari o'z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar;
8) ma'muriy huquqbuzarliklar to'g'risidagi ishlarni ko'rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar;
9) o'zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma'muriy tartibda ko'chirish to'g'risidagi prokurorlarning qarorlari;
10) davlat ijrochilarining qarorlari;
11) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari.
Ijro varaqasi, sud buyrug'i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
Toshkent xalqaro tijorat sudining xorijiy tildagi qarorlari asosidagi ijro varaqasi mazkur sud kotibi tomonidan qarorni davlat tiliga tarjima qilgan holda beriladi va uning imzosi bilan tasdiqlanadi. Bunda ijro varaqasi Toshkent xalqaro tijorat sudi kotibining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda, elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
Ijro hujjatining asl nusxasi yo'qolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun
7-modda. Ijro hujjatlari
(7-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 13 июлдаги ЎРҚ-1158-сонли Қонунига асосан 1¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 14.07.2026 й., 03/26/1158/0727-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 25 июль)
Oddiy tilda
IJRO HUJJATLARI
Nimani anglatadi
Ijro hujjatlari — bu sud va boshqa rasmiy organlar chiqaradigan hujjatlar bo'lib, ular majburiy ijro etilishi kerak. Bular sudning qarorlari, hakamlik qarorlari, notarial kelishuvlar, davlat ijrochilarining qarorlari va boshqa rasmiy hujjatlardir. Agar kimdir qonun bo'yicha majburiy ijro etilishi kerak bo'lgan hujjatni bajarmaса, uni majburiy ijro etish mumkin.
Kimga tegishli
Ijro hujjatlari sudlar, hakamlik sudlari, notariuslar, davlat ijrochilar va boshqa qonun belgilagan organlar tomonidan chiqariladi.
Amalda
Agar sud Javohirga 500 ming so'm berish to'g'risida qaror qabul qilsa, bu qaror ijro varaqasi bilan rasmiylashtirilib, Javohir bu pulni bermaса, davlat ijrochisi majburiy ijro etadi. Ijro varaqasi elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.