«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to'g'risida»gi qonun

89¹-modda. Majburiy ijro byurosining faoliyatini tashkil etish

(89¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Majburiy ijro byurosi organlarining faoliyatini tashkil etish, ushbu organlarning vazifalari va funktsiyalari, shuningdek Majburiy ijro byurosida xizmatni o'tash tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. Majburiy ijro byurosi organlari ijro ishlarini yuritish hujjatlarini hisobga olish va saqlashni qonunchilikda belgilangan talablarga muvofiq ta'minlaydi. Ijro ishlarini yuritishdagi ijro hujjatlarini va boshqa hujjatlarni olib qo'yishga faqat sud qarori asosida yoki O'zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yo'l qo'yiladi. Ijro ishlarini yuritish, shu jumladan ularni shakllantirish, hisobga olish va saqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan belgilanadi. Majburiy ijro byurosi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan qo'zg'atilgan ijro ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarning elektron bazasini yuritadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Majburiy ijro byurosi — sud qarorlari va boshqa rasmiy hujjatlarni bajaradigan davlat organi. Uning faoliyati Prezident tomonidan tartibga solinadi. Byuro barcha ijro hujjatlarini daftarida yozib qo'yadi, saqlaydi va faqat sud qarorining asosida ularni o'chirib tashlaydi. **Kimga tegishli** Bu qoida Majburiy ijro byurosi va uning barcha filiallariga, shuningdek sud qarorlarini bajaradigan xodimlariga tegishli. **Amalda** Agar mahkama sizdan qarz qaytarishga hukm qilsa, byuro bu hujjatni elektron bazasiga kiritadi va bajarilishini kuzatadi. Hujjat faqat qarz to'langanidan yoki sud uni bekor qilganidan keyin o'chiriladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.