Investorlarga soliqlar va to'lovlarni to'lash sharti bilan chet el valyutasidagi mablag'larni O'zbekiston Respublikasiga va O'zbekiston Respublikasidan cheklovlarsiz erkin o'tkazish, shu jumladan valyutani repatriatsiya qilish uchun ayirboshlash kafolatlanadi. Bunday o'tkazmalar quyidagilarni o'z ichiga oladi:
chet el investitsiyalarini saqlab turish yoxud ko'paytirish uchun boshlang'ich va qo'shimcha summalar;
investitsiyalarni amalga oshirishdan olingan daromad;
yetkazilgan zararlarning o'rnini ushbu Qonunga muvofiq qoplash sifatida olingan mablag'lar;
shartnomalar shartlarini bajarish tartibida amalga oshirilgan to'lovlar;
chet el investitsiyalarini to'liq yoki qisman sotishdan tushgan tushum;
nizoni hal qilish oqibatida, shu jumladan har qanday sud yoki arbitraj qarori oqibatida yuzaga keladigan to'lovlar;
xodimlarning ish haqi va boshqa to'lovlari;
qonunchilikka muvofiq boshqa manbalardan olingan mablag'lar.
O'zbekiston Respublikasining qonunlari hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq davlat chet ellik investorning mablag'larini repatriatsiya qilishni chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona to'lovga qobiliyatsiz bo'lgan yoki kreditorlarning huquqlari buzilgan, jismoniy shaxs bo'lgan chet ellik investor tomonidan jinoiy qilmishlar yoki ma'muriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollarda yoxud sud yoki arbitraj qaroriga muvofiq shunday repatriatsiya qilishni to'xtatib turishning boshqa zarurati bo'lganda qonunchilik hujjatlarini investorlarni kamsitmaydigan tarzda qo'llash shartlari asosida to'xtatib turishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida»gi qonun
17-modda. Mablag'larni erkin o'tkazish kafolatlari
(17-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 февралдаги ЎРҚ-911-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 22.02.2024 й., 03/24/911/0142-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Investorlar O'zbekistonga kiritgan chet el valyutasini soliqlarni to'lagandan so'ng erkin chiqarib ketishi mumkin. Bu pul investitsiyani boshlash, daromad olish, zararni qoplash yoki shartnomani bajarish orqali tushgan mablag'lardan iborat bo'lishi mumkin. Davlat bu huquqni kafolatlaydi, lekin qonun va xalqaro shartnomalarga muvofiq ba'zi hollarda to'xtatib turishi mumkin.
KIMGA TEGISHLI
Bu kafolat chet el investorlarga tegishli.
AMALDA
Amerikalik kompaniya O'zbekistonda fabrika qurib, yil davomida 100 ming dollar daromad oldi. Soliq to'lagandan so'ng, u bu pulni erkin ravishda Amerika'ga o'tkazib ketishi mumkin. Agar kompaniya qarz to'lashga qodir bo'lmasa yoki jinoyat sodir etsa, davlat bu o'tkazishni to'xtatib turishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.