Iqtisodiy protsessual kodeksi

155-modda. Da'vo arizasini qaytarish

(155-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонунига асосан 1¹-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Sudya da'vo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi, agar: 1) da'vo arizasining ushbu Kodeks 149-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan bo'lsa; 1¹) da'vogar sudyaning ushbu Kodeks 152-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ko'rsatmasini belgilangan muddatda bajarmagan bo'lsa; 2) da'vo arizasi imzolanmagan bo'lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo'lmagan shaxs yoxud mansab mavqei yoki familiyasi, ismi, otasining ismi ko'rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo'lsa; 3) ish mazkur sudning sudloviga tegishli bo'lmasa; 4) o'zaro bog'liq bo'lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo'lib, ularning ayrimlari fuqarolik ishlari bo'yicha sudga yoki ma'muriy sudga, boshqalari esa iqtisodiy sudga taalluqli bo'lsa; 5) javobgarga va uchinchi shaxslarga da'vo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko'chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo'lsa; 6) davlat boji va pochta xarajatlari belgilangan tartibda hamda miqdorda to'langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo'lsa, davlat boji to'lashni kechiktirish, bo'lib-bo'lib to'lash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud bo'lmasa yoxud iltimosnoma rad etilgan bo'lsa; 7) mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni da'vogar taqdim etmagan bo'lsa; 7¹) da'vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo'lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa; 8) bitta da'vo arizasida bir yoki bir nechta javobgarga nisbatan o'zaro bog'liq bo'lmagan bir nechta talab birlashtirilgan bo'lsa; 9) qonunchilikka yoki shartnomaga ko'ra qarz bank yoki boshqa kredit tashkiloti orqali olinishi kerak bo'lganda qarzni javobgardan olish uchun bankka yoxud boshqa kredit tashkilotiga murojaat qilinganligiga doir dalillar taqdim etilmagan bo'lsa; 10) da'vo arizasini ish yuritishga qabul qilish to'g'risida ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to'g'risida ariza kelib tushgan bo'lsa. Sud ushbu Kodeks 160-moddasining ikkinchi qismi talablariga muvofiq bo'lmagan qarshi da'voni qaytaradi. Da'vo arizasini qaytarish to'g'risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda, da'vo arizasi sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi. Da'vo arizasining qaytarilishi yo'l qo'yilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin da'vo arizasi bilan sudga umumiy tartibda takroran murojaat etishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.