Ish bo'yicha hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar javobgar dastlabki da'vo bilan birga ko'rib chiqish uchun qarshi da'vo taqdim etishga haqli.
Qarshi da'vo quyidagi hollarda taqdim etilishi mumkin, agar:
1) qarshi talab dastlabki talabni hisobga olishga qaratilgan bo'lsa;
2) qarshi da'voni qanoatlantirish dastlabki da'voni to'liq yoki qisman qanoatlantirishni istisno qilsa;
3) qarshi da'vo bilan dastlabki da'vo o'rtasida o'zaro bog'liqlik bo'lib, ularni birgalikda ko'rib chiqish nizoni o'z vaqtida va to'g'ri hal etishga olib kelsa.
lex.uz’dagi asl matn160-modda. Qarshi da'voni taqdim etish huquqi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.