Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo'ladi.
Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarorini qabul qilgan sudning nomi; sud tarkibi, sud majlisi kotibi; ish raqami, hal qiluv qarori qabul qilingan sana va joy; nizo predmeti; ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ularning vakillari va sud protsessining boshqa ishtirokchilari ko'rsatiladi.
Hal qiluv qarorining bayon qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning bildirilgan talablari va e'tirozlari, tushuntirishlari, arizalari va iltimosnomalarining qisqacha bayoni bo'lishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida:
ishning sud tomonidan aniqlangan haqiqiy holatlari;
sudning ish holatlari to'g'risidagi xulosalari asoslangan dalillar;
sudning u yoki bu dalillarni rad qilganligining, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini qabul qilganligining yoki rad etganligining asoslari;
hal qiluv qarorini qabul qilishda sud amal qilgan qonunchilik hujjatlari hamda sud ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonunchilik hujjatlarini qo'llamaganligining asoslari ko'rsatilishi kerak.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarorlariga havolalar ko'rsatilishi mumkin.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida bildirilgan talablardan har birini to'liq yoki qisman qanoatlantirish haqidagi yoki qanoatlantirishni rad etish to'g'risidagi xulosalar bo'lishi kerak.
Agar hal qiluv qarorini ijro etish tartibini sud belgilagan yoki uning ijrosini ta'minlash choralarini ko'rgan bo'lsa, bu haqda hal qiluv qarorining xulosa qismida ko'rsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar o'rtasida taqsimlash, hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) muddati va tartibi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn179-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
(179-модда тўртинчи қисмининг бешинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.