Hal qiluv qarorini qabul qilgan sud yo'l qo'yilgan xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni yozuvning mazmunini o'zgartirmagan holda, ishda ishtirok etuvchi shaxsning, davlat ijrochisining, sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarning arizasiga ko'ra yoki o'z tashabbusi bo'yicha tuzatishga haqlidir.
Yozuvdagi yo'l qo'yilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslarni, davlat ijrochisini yoki sudning hal qiluv qarorining ijrosi zimmasiga yuklatilgan boshqa organlarni ushbu Kodeksning 127-moddasida nazarda tutilgan tartibda xabardor qilgan holda sud tomonidan ko'riladi. Mazkur shaxslarning kelmaganligi arizani ko'rishga to'sqinlik qilmaydi.
Yozuvdagi yo'l qo'yilgan xatolarni, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risidagi ariza u berilgan kundan e'tiboran yigirma kunlik muddatda ko'rib chiqiladi.
Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risida yoki tuzatishni rad etish haqida ajrim chiqariladi.
Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni, hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish to'g'risidagi yoki tuzatishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn191-modda. Yozuvdagi xatolarni, harfiy xatolarni va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.