Sudya quyidagi hollarda ishni ko'rishda ishtirok etishi mumkin emas va rad qilinishi lozim, agar u:
1) mazkur ish ilgari ko'rilganda sudya sifatida ishtirok etgan bo'lsa va ishni ko'rishda uning takroriy ishtirok etishiga ushbu Kodeks talablariga muvofiq yo'l qo'yilmasa;
2) mazkur ish ilgari ko'rilganda unda hakamlik sudi sudyasi, arbitr, prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan bo'lsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi bo'lsa;
4) ishning natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor bo'lsa yoxud uning xolisligiga shubha tug'diruvchi boshqa holatlar mavjud bo'lsa;
5) ishni ko'rayotgan hay'at tarkibidagi sudyaning qarindoshi bo'lsa.
lex.uz’dagi asl matn20-modda. Sudyani rad qilish
(20-модданинг иккинчи банди Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 16 майдаги ЎРҚ-769-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.05.2022 й., 03/22/769/0421-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.