Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizaga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari quyidagilar ilova qilinadi:
1) faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish to'g'risidagi arizaga — ta'sis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni tugatish, atrof tabiiy muhitga zararli ta'sir ko'rsatayotgan ob'yektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish uchun asos bo'ladigan dalillar;
2) faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash to'g'risidagi arizaga — ta'sis hujjatlarining tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxalari; yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilganligini tasdiqlovchi, faoliyatni cheklash, to'xtatib turish va taqiqlash uchun asos bo'ladigan dalillar;
3) banklardagi hisobvaraqlar bo'yicha operatsiyalarni to'xtatib turish to'g'risidagi arizaga — soliq tekshiruvini o'tkazishga soliq to'lovchi tomonidan to'sqinlik qilinganligini yoki soliq to'lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob'yektini saqlash bilan bog'liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko'zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil;
4) moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash to'g'risidagi arizaga — tekshirish o'tkazilishiga asos bo'lgan hujjatlar (nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organning qarori, bundan shunday qarorni olish qonunchilikda nazarda tutilmagan hollar mustasno; agar tekshirish jinoyat ishi doirasida o'tkazilsa, tergov organining (surishtiruv organining) qarori; tekshirish o'tkazish to'g'risidagi buyruq; tekshirish o'tkazish rejasi va hokazo); tekshirish natijalari bo'yicha tuzilgan dalolatnoma yoki boshqa hujjat va unga ilova qilinadigan hujjatlar; tekshirish materiallarini ko'rib chiqish bayonnomasi va qaror, agar ularni tuzish yoki qabul qilish qonunchilikda nazarda tutilgan bo'lsa; qarorning ko'chirma nusxasi javobgarga topshirilganligi yoki yuborilganligi dalili;
5) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o'n kundan ortiq, lekin olti oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'xtatib turish yoki xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish to'g'risidagi arizaga — litsenziyaning (ruxsatnomaning) tegishli tarzda tasdiqlangan ko'chirma nusxalari; normativ-huquqiy hujjatlar talablari va litsenziyaning (ruxsatnomaning) amal qilishini to'xtatib turish, xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatni (harakatni) tugatish va (yoki) litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish uchun asos bo'ladigan tarzda yuridik shaxs yoki fuqaro tomonidan buzilganligini tasdiqlovchi dalil.
lex.uz’dagi asl matn219-modda. Huquqiy ta'sir chorasini qo'llash to'g'risidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlar
(219-модданинг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.