Iqtisodiy protsessual kodeksi

23-modda. Rad qilish to'g'risidagi arizani hal etish tartibi

Rad qilish to'g'risida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini eshitadi. Ishni yakka tartibda ko'rayotgan sudyani rad qilish to'g'risidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi. Ish hay'at tarkibida ko'rilayotganda sudyani rad qilish to'g'risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko'pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo'lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi. Bir nechta sudyani yoki ishni ko'rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to'g'risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko'pchilik ovoz bilan hal qilinadi. Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o'zini o'zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to'g'risidagi masala ishni ko'rayotgan sud tomonidan hal etiladi. Sudyaning o'zini o'zi rad qilishi to'g'risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Rad qilish to'g'risidagi masalani ko'rish natijalari bo'yicha ajrim chiqariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.