Ta'minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi, ta'minlash choralarini ko'rish haqidagi arizalar bo'yicha ishlar ariza kelib tushganidan keyingi kundan kechiktirmay ko'rib chiqiladi.
Arbitrni tayinlash, arbitrni rad etishni qanoatlantirish, arbitr vakolatlarining amal qilishini tugatish xususida qaror qabul qilish, arbitraj sudining yurisdiktsiyasi masalasi yuzasidan qarorlar qabul qilish, dalillarni olishga ko'maklashish to'g'risidagi arizalar bo'yicha ishlar ishni sud muhokamasiga tayyorlash to'g'risidagi ajrim chiqarilgan kundan e'tiboran yigirma kun ichida ko'rib chiqiladi.
Arbitraj muhokamasiga ko'maklashish bilan bog'liq ishlar iqtisodiy sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo'yicha mazkur bobda ko'rsatilgan o'ziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda sudya tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan ishlarni ko'rib chiqish chog'ida sud doimiy arbitraj muassasasi arbitrlarining ro'yxatiga kiritilgan arbitrlar to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek iqtisodiy sud tomonidan ko'rib chiqilayotgan ish bilan bog'liq bo'lgan ish materiallarini talab qilib olishi mumkin. Arbitraj muassasasi talab qilib olinadigan hujjatlarni so'rov qabul qilinganidan keyingi kundan kechiktirmay iqtisodiy sudga taqdim etishi shart.
Iqtisodiy sud ishlarni ko'rib chiqish natijalari bo'yicha ajrim chiqaradi.
Iqtisodiy sudning ta'minlash choralarini tan olish va ijroga qaratish to'g'risidagi hamda ta'minlash choralarini ko'rish haqidagi arizani ko'rib chiqish natijalari bo'yicha chiqarilgan ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn232⁴-modda. Arbitraj muhokamasiga ko'maklashish bilan bog'liq ishlar bo'yicha sud muhokamasi
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.