Iqtisodiy protsessual kodeksi

259-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protest keltirish) huquqi

(259-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 30 сентябрдаги ЎРҚ-968-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.09.2024 й., 03/24/968/0760-сон)

Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir. Prokuror, yuqori turuvchi prokuror faqat prokuror ishtirokida ko'rilgan ish bo'yicha yoki qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan bo'lib, biroq u sud muhokamasining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko'rilgan ish bo'yicha, shuningdek ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan shaxslarning murojaati mavjud bo'lgan taqdirda birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya protesti keltirishga haqli. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakil birinchi instantsiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqli, bundan tadbirkorlik sub'yektlari o'rtasida yuzaga keladigan iqtisodiy nizolar, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan nizolar mustasno. Sudning hal qiluv qarori ustidan to'liq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.