Iqtisodiy protsessual kodeksi

262-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati

(262-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 15 ноябрдаги ЎРҚ-997-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.11.2024 й., 03/24/997/0923-сон)

Agar qonunchilikda boshqacha muddat belgilanmagan bo'lsa, apellyatsiya shikoyati (protesti) birinchi instantsiya sudi tomonidan shikoyat qilinayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran bir oy ichida berilishi mumkin. Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko'rib chiqilgan, shuningdek huquqiy ta'sir chorasini qo'llash, o'zboshimchalik bilan egallab olingan, davlat mulkida bo'lgan yer uchastkasini qaytarish, o'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to'g'risidagi ishlar bo'yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o'n kun ichida berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddati, shikoyat (protest) bergan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan, agar iltimosnoma hal qiluv qarori qabul qilingan kundan e'tiboran ikki oydan kechiktirmasdan berilgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati o'tkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan bo'lsa, tiklanishi mumkin. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning o'tkazib yuborilgan muddatini tiklash haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddatini tiklashni rad etish haqida apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish to'g'risidagi ajrimda ko'rsatiladi. Ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari to'g'risida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaxslar, shuningdek sud majlisining vaqti va joyi to'g'risida tegishli tarzda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan apellyatsiya shikoyatini berish muddati ularga hal qiluv qarori qabul qilinganligi ma'lum bo'lgan kundan e'tiboran hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.