Iqtisodiy protsessual kodeksi

278-modda. Apellyatsiya instantsiyasi sudining vakolatlari

(278-модда биринчи қисмининг 5-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-888-сонли Қонунига асосан 2024 йил 1 январдан чиқарилади — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.12.2023 й., 03/23/888/0976-сон)

Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish natijalari bo'yicha: 1) hal qiluv qarorini o'zgarishsiz qoldirishga; 2) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va yangi qaror qabul qilishga; 3) hal qiluv qarorini o'zgartirishga; 4) hal qiluv qarorini to'liq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoxud da'voni to'liq yoki qisman ko'rmasdan qoldirishga; 6) ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 7-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lgan taqdirda, hal qiluv qarorini bekor qilishga va ish materiallarini sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga haqli. Ushbu Kodeks 279-moddasi beshinchi qismining 2, 3 va 6-bandlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlanganda apellyatsiya instantsiyasi sudi ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'radi. Ishni birinchi instantsiya sudida ish yuritish qoidalari bo'yicha ko'rishga o'tish haqida ajrim chiqarilib, unda bajarilishi lozim bo'lgan harakatlar ko'rsatiladi. Sud xarajatlarini taqsimlash to'g'risidagi masala hal qilinmaganligi yoki noto'g'ri hal qilinganligi sudning hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o'zgartirish uchun asos bo'lmaydi. Bunday holda qarorning xulosa qismida sud xarajatlari ushbu Kodeksning 118-moddasida nazarda tutilgan tartibda taqsimlanishi ko'rsatiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.