Iqtisodiy protsessual kodeksi

281-modda. Birinchi instantsiya sudining qarori, ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti)

(281-модда учинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 26 апрелдаги ЎРҚ-833-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.04.2023 й., 03/23/833/0236-сон)

Birinchi instantsiya sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin. Birinchi instantsiya sudining qarori, ajrimi ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar bo'yicha berilgan apellyatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatini (protestini) ko'rish uchun nazarda tutilgan tartibda apellyatsiya instantsiyasi sudi tomonidan ko'riladi. Apellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining qarori, ajrimi ustidan berilgan shikoyatni (protestni) ko'rib chiqish natijalari bo'yicha quyidagilarga haqli: 1) qarorni, ajrimni o'zgarishsiz qoldirishga; 2) qarorni, ajrimni o'zgartirishga yoxud bekor qilishga; 3) da'vo arizasini qabul qilishni rad etish, da'vo arizasini qaytarish, da'vo arizasini ko'rmasdan qoldirish, ish yuritishni tugatish, ish yuritishni to'xtatib turish to'g'risidagi ajrimni bekor qilishga va da'vo arizasini, ishni birinchi instantsiya sudida ko'rib chiqish uchun yuborishga; 4) ajrimni bekor qilishga va da'vo arizasini (arizani), ish materiallarini ko'rib chiqish uchun sudga taalluqliligiga ko'ra boshqa sudga yuborishga.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Apellyatsiya shikoyatiSud qarori ustidan yuqori instansiyaga; muddatni o‘tkazib yubormang.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.